Ukraina o‘z hududlarini qo‘shnilariga bo‘lib berishi kerak – Ruminiya sobiq tashqi ishlar vaziri

© Sputnik / Natalia SeliverstovaStoronnik DNR snimayet ukrainskiy flag
Storonnik DNR snimayet ukrainskiy flag - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2022
Obuna bo‘lish
Andrey Marga Ukraina notabiiy chegaralarda joylashgan deb hisoblaydi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Ruminiya sobiq tashqi ishlar vaziri Andrey Marga Ukraina o‘z hududlarining bir qismini Vengriya, Ruminiya, Polsha va Rossiyaga bo‘lib berishi kerakligini ma’lum qildi.

“Men to‘liq mas’uliyat bilan shuni ma’lum qilamanki, Ukraina notabiiy chegaralarda joylashgan. U o‘z hududlarini topshirishi kerak: Vengriyaga - Kavkazorti, Polshaga – Galitsiya, Ruminiyaga – Bukovina <…>. Bu boshqa mamlakatlar hududlari”, - dedi Marga. Uning so‘zlaridan mahalliy “Adevărul” nashri iqtibos keltirgan.

Sobiq vazir Ukraina o‘z navbatida Rossiyaga 2014-yildan buyon Rossiya tarkibida bo‘lgan Qrim va Donbassni (Rossiya 21-fevral kuni Lugansk va Dones xalq respublikalarini tan oldi – tahr.) berishi kerak dedi.
Shuningdek, Marga Kiyev hukumatining qo‘lidan mamlakatda demokratiya o‘rnatish hozirchaga kelmaganini ta’kidladi.
“U yerda demokratiyagacha uzoq vaqt bor, Ukrainada partiyalar nazorati ostidagi televidenie taqiqlangan, mamlakatni pullar bilan tark etayotgan oligarxlar bor. Aksariyat kishi o‘z jamg‘armalari bilan ketayotgan davlat na demokratik bo‘ladi, na rivojlanadi”, - dedi u.
Uning fikricha, Ukrainadagi hozirgi mojaro Rossiya, AQSh, Germaniya, Ukraina va Xitoyning muzokaralar yo‘li bilan hal etilmaguncha, Yevropada barqarorlik bo‘lmaydi.
Andrey Marga 2012-yil mayidan avgustigacha Ruminiya tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Shuningdek, u 1997-2000 yillarda Ruminiya ta’lim vaziri bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0