Baydenning Yelizaveta II ning dafn marosimida kulgani videoga tushib qoldi

© AP Photo / Andrew HarnikPrezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Baydenning marosimda ishtirok etayotganlardan biri bilan nimanidir kulib muhokama qilayotgani videoga tushib qoldi.
TOShKENT, 19 sen - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning dafn marosimida kuldi va uning shu holati videoga tushib qoldi.
Videoda turmush o‘rtog‘i Jill bilan Vestminster abbatligiga kelgan Amerika yetakchisining marosimda ishtirok etayotganlardan biri bilan nimanidir xursand bo‘lib muhokama qilayotgani aks etgan.
AQSh prezidenti muntazam ravishda noqulay vaziyatlarga tushib qoladi. U Liviya va Suriyani, Iroq va Eronni, Barak Obama va Donald Trampni, eskalatsiya va vaksinatsiyaniadashtirib yuborgan, birinchi urinishda Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning familiyasini to‘g‘ri talaffuz qila olmagan va Avstraliya bosh vazirining ismini unutib qo‘ygan.
Ma’lumot o‘rnida, mamlakatni 70-yildan ortiq boshqargan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8-sentabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi. Bugun, 19-sentabr kuni uning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0