Dohada ilk bor o‘zbek hunarmandlari ishtirokida ko‘rgazma tashkil etiladi

© Respublika hunarmand uyushmasi Hunarmand
Hunarmand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Mazkur ko‘rgazmada 15 nafar mohir hunarmand ishtirok etadi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Qatar poytaxti Dohada 24-sentabr – 6-oktabr kunlari ilk bor o‘zbek hunarmandlarining savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Respublika hunarmand uyushmasi xabar berdi.
Mazkur ko‘rgazmada 15 nafar mohir hunarmand ishtirok etadi.
Ko‘rgazma paviloni milliy an’analar asosida bezatiladi, shuningdek festival maydoni uchun ajratilgan hududda mamlakat to‘g‘risida ma’lumot beruvchi “Tourism & Travel Information” burchagini tashkil etiladi.
Ko‘rgazma O‘zbekistonning turistik potensialini oshirish, yaqin sharqda milliy hunarmandchilikni keng ommaga namoyish etish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Aytilishicha mazku tadbir o‘zbek madaniyati va urf-odatlarini to‘laqonli ochib berishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0