YeI energetika inqirozini yengib chiqa olmayapti – Turkiya energetika vazirligi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGazokompressornaya stansiya. Arxivnoe foto
Gazokompressornaya stansiya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Fotih Donmez: Yevropa Ittifoqi birlashib, bir qarorga kela olmayapti.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Yevropa Ittifoqi energetika inqirozini yengib chiqa olmayapti, qaror qabul qilish kechikmoqda. Bu haqda Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Donmez ma’lum qildi.
“Afsuski, Yevropa Ittifoqi bu energetika inqirozini yengib chiqa olmayapti. Ular birlashib, bir qarorga kela olmayapti, ular kechikmoqda. Elektr energiyasi bozorida ham, tabiiy gaz bozorida ham bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdik”, deydi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati, ayniqsa, past va o‘rta daromadga ega bo‘lganlar uchun yukni yengillashtiradigan tariflar ustida ishlashda davom etmoqda.
“Bugungi kunda bir kubometr gaz narxi Anqarada hammasini hisobga olgan holda taxminan 5,7 lirani tashkil etmoqda. Lekin Berlinda u 43,3 lira, Amsterdamda esa 66,6 lira”, dedi vazir.
Turkiyaga asosiy gaz yetkazib beruvchilar Rossiya, Ozarbayjon va Erondir.
Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng G‘arb Rossiyaga nisbatan sanksiya bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va AQShda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi.
Yangiliklar lentasi
0