Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Guterrish Rossiya va Ukraina barcha mahbuslarni o‘zaro almashishiga umid bildirdi

© JEWEL SAMAD / AFPGeneralniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish
Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Guterrish: Bu mahbuslarning o‘zlari, ularning oilalari azobini kamaytiradi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. BMT Moskva va Kiyev mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishib olishini kutmoqda. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Mahbuslar almashinuvi ijobiy narsa. Bu mahbuslarning o‘zlari, ularning oilalari azobini kamaytiradi. Men aytgan pozitsiya shuki, bu dramani juda ko‘p odamlarning hayotida yo‘q qilish uchun mahbuslarni almashish ideal bo‘ladi”, dedi Guterrish.
BMT bunday almashinuvga ko‘maklashishga tayyor yoki tayyor emasligi haqidagi savolga javob berar ekan, bosh kotib shunday dedi:
“Odatda biz mahbuslar almashinuvida qatnashmaymiz – bu Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining huquqi. Albatta, biz Rossiya va Ukraina bu borada imkon qadar keng kelishuvga erisha olishini istardik”, deya qo‘shimcha qildi u.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0