Turizm

Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar soni 3 baravarga koʻpaydi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka oʻtishMinaret Kalyan v Buxare
Minaret Kalyan v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mamlakatga kelgan mehmonlarning sayohati oʻrtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablagʻi 305 dollargacha koʻpaydi.
TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Joriy yil boshidan sentyabrgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga koʻpaydi va 3,1 million nafarni tashkil etdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Davlat rahbari bu yili turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlanganini taʼkidladi.
Jumladan:
sentyabrgacha boʻlgan davrda mamlakatga kelgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga koʻpaydi va 3,1 million nafarni tashkil etdi;
yil boshidan turizm eksporti hajmi 926 million dollar boʻldi (2019 yil davomida 951 million dollar boʻlgan);
mamlakatga kelgan mehmonlarning sayohati oʻrtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablagʻi 305 dollargacha koʻpaydi (bu 2019 yilda oʻrtacha 3 kunni tashkil etib, ular 195 dollar sarflagan);
Ichki sayohat qiluvchilar soni ham oʻtgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oʻsib, 7,5 million nafarni tashkil qildi.
Turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qoʻliga ish haqi boʻlib borishi, sanoatda va boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Taʼkidlanishicha, turizm sohasida yaratilgan bitta ish oʻrni turdosh tarmoqlarda qoʻshimcha ikkita ish oʻrni paydo boʻlishiga turtki beradi.
Yangiliklar lentasi
0