Qirolicha Yelizaveta II bilan ommaviy vidolashuv marosimi yakunlandi

© AFP 2023 / Frank AugsteinKoroleva Velikobritanii Yelizaveta II mashet tolpe s balkona Bukingemskogo dvorsa v dni svoyego platinovogo yubileya
Koroleva Velikobritanii Yelizaveta II mashet tolpe s balkona Bukingemskogo dvorsa v dni svoyego platinovogo yubileya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Yelizaveta II ning dafn marosimi bugun, 19-sentabr kuni Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Dushanba kuni Londonda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan ommaviy vidolashuv marosimi yakunlandi.
Yelizaveta II bilan ommaviy vidolashuv marosimi to‘rt kun davomida Vestminster saroyida chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan dushanba kuni soat 10:30 gacha bo‘lib o‘tdi. Saroy kecha-kunduz ochiq bo‘ldi, qirollik shtandarti bilan qoplangan yopiq tobut saroyning saqlanib qolgan eng qadimgi qismi bo‘lgan Vestminster xolldagi maxsus yerda joylashgan.
Vestminster saroyida qirolicha bilan xayrlashish uchun kelganlarning aksariyati 10 soatdan ortiq navbatda turdi.
Yelizaveta II ning dafn marosimi bugun, 19-sentabr kuni Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tadi. Marosim mahalliy vaqt bilan 11:00 (Toshkent vaqti bilan 15:00) da o‘tkaziladi.
Mamlakatni 70-yildan ortiq boshqargan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8-sentabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi.
Yangiliklar lentasi
0