Jamiyat

Rossiyadan Jizzaxga 20 ming tonna yuqori navli bugʻdoy urugʻi olib kelindi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka oʻtishPshenitsa, arxivnoye foto
Pshenitsa, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Import qilingan mazkur urugʻlar sababli Oʻzbekiston sharoitida gʻalla hosildorligi 10-15%ga oshishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiyadan Jizzax viloyatiga 20 ming tonna yuqori navli bugʻdoy urugʻi olib kelindi. Bu haqida Urugʻchilikni rivojlantirish markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiyaning Krasnodar oʻlkasidagi P.P.Lukyanenko nomidagi Don milliy markazi selektsiyasiga mansub bugʻdoy urugʻi Oʻzbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos.
“Rossiya selektsiyasiga mansub ertapishar, yuqori hosilli bugʻdoy navlarining urugʻligini Jizzax viloyatidagi “Kenteks” MCHJ agroklasteri tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga olib kelindi”, deyiladi xabarda.
Hozirda olib kelingan urugʻlik donni belgilangan tartibda tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash tadbirlari olib borilmoqda.
Shuningdek, respublika boʻylab kuzgi muddatlarda ekish uchun gʻalla yetishtiruvchi agroklaster va fermer xoʻjaliklariga toʻgʻri taqsimlash hamda yetkazib berish ishlarini tashkillashtirish amalga oshirilmoqda.
“Import qilingan mazkur urugʻlar sababli Oʻzbekiston sharoitida gʻalla hosildorligi 10-15%ga oshishi kutilmoqda. Bunda urugʻning oʻz vaqtida olib kelinishi katta ahamiyatga ega, chunki oʻz vaqtida ekilgan urugʻ yuqori hosil olinishiga puxta zamin yaratadi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tomonidan 2023 yil hosili uchun urugʻlik gʻalla maydonlarida oʻtkazilgan dala aprobatsiyasi natijalariga koʻra, 77,8 ming gektar yer maydonlari yaroqli deb topildi hamda 270 ming tonnadan ortiq urugʻlik don jamgʻarildi.
Yangiliklar lentasi
0