Turkiya tez orada Rossiya gazini qisman rublda sotib ola boshlaydi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGazoprovod visokogo davleniya ot Yelabugi do Nijnekamska
Gazoprovod visokogo davleniya ot Yelabugi do Nijnekamska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya Rossiya gazi uchun to‘lovning bir qismini rublda to‘lash tez orada boshlanishini e’lon qildi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Turkiyaga yetkazib berilayotgan Rossiya gazining 25 foizini rublda to‘lash bo‘yicha kelishuv tez orada kuchga kiradi. Bu haqda “Yeni Şafak” gazetasi Turkiya energetika vaziri Fatix Donmezga tayanib, ma’lum qildi.
"Turkiya Rossiyadan sotib olgan tabiiy gazning 25 foizini rublda to‘laydi. Tegishli kelishuv yaqin kunlarda kuchga kiradi", - degan Donmez.
Uning ta’kidlashicha, bu chora dollarga bo‘lgan ehtiyojni va xarajatlarni kamaytiradi.
Ma’lumot uchun, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan hafta Samarqandda muzokara o‘tkazdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti chog‘ida tomonlar yoqilg‘i yetkazib berishning bir qismini rublda to‘lashga va “Akkuyu” AES qurilishida yuzaga kelgan muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olgan.
Yangiliklar lentasi
0