AQSh O‘zbekiston va Tojikistonga Afg‘onistondagi samolyotlarni bermoqchi – OAV

© FOTO U.S. Air Force / Senior Airman Maygan StraightMissiya TAAC-Air v Afganistane
Missiya TAAC-Air v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
AQSh O‘zbekiston va Tojikistonga ellikta harbiy samolyot va vertolot berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondagi terrorchilarga qarshi kurashda yordam evaziga O‘zbekiston va Tojikistonga ellikta harbiy samolyot va vertolot berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Politico” internet nashri xabar bergan.

“Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlariga chegarani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xavfsizlikka doir munosabatlarimizni chuqurlashtirish bo‘yicha norasmiy kelishuv evaziga bir qator samolyotlarni topshirish ko‘zda tutilgan”, - deb yozmoqda nashr nomi oshkor etilmagan amaldorga tayanib.

2020 yilda Qo‘shma Shtatlar Qatar vositachiligida Dohada toliblar bilan tinchlik shartnomasi tuzdi, unga ko‘ra barcha xorijiy qo‘shinlar Afg‘onistondan olib chiqilishi kerak edi. O‘zidan oldingi prezident Donald Trampning deyarli barcha tashqi siyosat qarorlarini ko‘rib chiqqan AQSh prezidenti Jo Bayden 2021-yil aprelida 1-mayga qadar Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashiga va’da bergan edi. Keyin boshqa barcha NATO davlatlari o‘z kontingentlarini olib chiqib ketishlarini e’lon qildi.
Natijada G‘arb koalitsiyasi yoz oxirigacha mamlakatni tark etdi, oxirgi Amerika askari 31-avgust kuni Afg‘oniston hududidan ketdi.
Yangiliklar lentasi
0