“Fars”: Eron har kuni Rossiyadan 9 mln kub.m gaz sotib oladi

© Sputnik / StringerKompleks podgotovki eksportnogo gaza na Ukraine.
Kompleks podgotovki eksportnogo gaza na Ukraine. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Islom respublikasi boshqa mamlakatlarga aylanma ta’minot uchun kuniga 6 mln.kub.m gaz sotib olishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 20 sent - Sputnik. Eron milliy neft kompaniyasi (NIOC) “Gazprom” bilan shartnomalar doirasida har kuni 9 mln kub.m gaz sotib oladi. Bu haqda “Fars” nashri Eron neft vazirligi hisobotiga tayangan holda xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, gaz Ozarbayjon hududi orqali yetkaziladi. Shuningdek, Eron boshqa mamlakatlarga aylanma ta’minot uchun kuniga 6 mln.kub.m gaz sotib olishni rejalashtirmoqda.
19 iyul kuni Eron birjasida Eron riali-Rossiya rubli juftligi savdolari boshlandi va “Gazprom” islom respublikasida qiymati 40 milliard dollarlik yangi loyihalarni e’lon qildi.
Turkiya tez orada Rossiya gazini qisman rublda sotib ola boshlaydi
20 iyul kuni “Gazprom” Eron Milliy neft kompaniyasi bilan hamjihatlik memorandumini imzoladi. Avgust oyida Eron Rossiya bilan gaz almashinuvi bo‘yicha shartnoma imzolanganini e’lon qilgan.
Yangiliklar lentasi
0