Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

G‘arb Donbassdagi referendumdan nega qo‘rqadi - Medvedev

© Sputnik / Yekaterina ShtukinaZamestitel predsedatelya Soveta bezopasnosti RF Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto
Zamestitel predsedatelya Soveta bezopasnosti RF Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Donbass Rossiya tarkibiga kirganidan so‘ng hech bir xorijiy davlat, yoki rahbar ularni ajratib ola olmaydi - Medvedev.
TOShKENT, 20 sen - Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘z telegram kanalida Donbassga referendumlar tarixiy adolatni tiklash uchun muhim ekanini ta’kidladi.
“Donbassdagi referendumlar nafaqat LNR, DNR va boshqa ozod qilingan hududlar aholisini tizimli himoya qilish, balki tarixiy adolatni tiklash uchun ham katta ahamiyatga ega.
Ular Rossiyaning o‘nlab yillar davomida rivojlanish vektorini butunlay o‘zgartiradi. Va nafaqat bizning mamlakatimizni. Chunki referendum amalga oshib, yangi hududlar Rossiya tarkibiga kirgach, dunyodagi geosiyosiy o‘zgarishlar qaytarib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi.
Rossiya hududiga tajovuz qilish jinoyatdir, uning sodir etilishi o‘zini himoya qilishning barcha kuchlarini qo‘llash imkonini beradi. Lekin bundan kam ahamiyatlisi shundaki, davlatimiz Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng, kelajakdagi birorta ham rahbar Rossiyaning hech bir rasmiysi bu qarorlarni bekor qila olmaydi.
Shuning uchun ham Kiyev va G‘arb bu referendumlardan juda qo‘rqishadi va shuning uchun ularni o‘tkazish kerak", — deb yozdi Medvedev.
Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda DXR, LXR va Xerson viloyatlarida Rossiyaga qo‘shilish xaqida refrendum o‘tkazishga tezkor ravishda tayyorlanmoqda. Ushbu hududlar rahbarlari ta’kidlashiga ko‘ra ularga jamoatchilik tomonidan bu haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Donbass respublikalari referendumni mavjud siyosiy vaziyatdan chiqishni va harbiy harakatlarni to‘xtatishning eng tez uslubi deb tushunishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0