O‘zbekistonga sayyohlar asosan qayerdan kelishmoqda

Obuna bo‘lish
2022 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni o‘tgan yilga qaraganda 3 baravarga ko‘paydi.
Bu yil turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlandi. Sentabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonga kelgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravarga ko‘paydi. Yil boshidan turizm eksporti hajmi 926 million dollar bo‘ldi.
Mamlakatga kelgan mehmonlarning sayohati o‘rtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablag‘i 305 dollargacha ko‘paydi.
Hukumat kelgusi yilda 7 million xorijiy va 12 million mahalliy turistlarni jalb qilish, turizm eksportini 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirgan.
Sakkiz oy davomida O‘zbekistonga sayyohlar asosan qaysi davlatlardan kelgani – Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0