Qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rash taqiqlanishi mumkin

© Sputnik / Amir IsaevKladbishe, arxivnoe foto
Kladbishe, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Qo‘shni qabrlar hududlarini va bo‘sh yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekistonda qabristonlarda qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rashni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Adliya vazirligi Hukumatning tegishli qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.
Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish taklif qilinmoqda.
Unga ko‘ra, qabrlar atrofini metall va boshqa to‘siqlar (o‘simliklardan iborat yashil to‘siqlardan tashqari) bilan o‘rab olish taqiqlanadi. Shuningdek, qo‘shni qabrlar hududlarini va bo‘sh yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangi qabristonlarni barpo etish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan amalga oshiriladi.
Dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) faqat tibbiyot muassasasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan, o‘lim to‘g‘risida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina beradi.
Hujjatda qabristonlarning butun hududini har yili kamida ikki marta (yoz va kuz oylari davomida) obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish belgilanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0