Shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan olis hududlar ro‘yxati tasdiqlandi

© Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatishifokorlar
shifokorlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Maxsus ro‘yxat bilan belgilangan chekka hududlarda shifokorlar maoshiga 2 mln so‘m qo‘shimcha ustama belgilanadi va ipoteka asosida uy-joy sotib olishda xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston hukumatining qarori bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar (297 ta) ro‘yxati tasdiqlandi.
Olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi doirasida:
olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln so‘mdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi;
olis va chekka hududlarda uzluksiz 3-yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga borib ishlagan shifokorlar maoshiga 100 foiz ustama to‘lanishini ma’lum qilgandi.
Shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan olis hududlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0