Toshkent aeroportida MIBning xizmat ko‘rsatish bo‘limi ish boshladi

© Uzbekistan Airports“Toshkent” xalqaro aeroporti
“Toshkent” xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchi qarzni to‘lab, to‘lov hujjatini taqdim etganidan so‘ng MIB xodimi tizimni yangilashi va yo‘lovchidan ketish uchun taqiqni olib tashlashi mumkin - tafsilotlar.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. “Toshkent” xalqaro aeroportida Majburiy ijro burosining xizmat ko‘rsatish bo‘limi tashkil etildi. Bu haqida Uzbekistan Airports xabar berdi.
Mazkur xizmat O‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqishiga taqiq qo‘yish bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarning yechimi bilan shug‘ullanadi.
Majburiy ijro burosi xodimlari aeroportda 24/7 ishlaydi.
MIB bo‘limi Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zalidagi ma’lumot stolida joylashgan. Xodim yo‘lovchining iltimosiga binoan qarz bor yoki yo‘qligini aytishi mumkin.
Yo‘lovchi qarzni to‘lab, to‘lov hujjatini taqdim etganidan so‘ng MIB xodimi tizimni yangilashi va yo‘lovchidan ketish uchun taqiqni olib tashlashi mumkin.
MIB vakili to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilmaydi. Ayni paytda yo‘lovchilar faqat elektron to‘lov orqali qarzdorliklarni yopishlari mumkin.
“Kommunal to‘lovlar, kreditlar, jarimalar va boshqa qarzlar o‘z vaqtida to‘lanmagani uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqish cheklanishi mumkin. Biror kishi bu haqda unutishi va chegarani kesib o‘tish paytidagina bilishi mumkin. Shuningdek, cheklov inson omili sabab noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. O‘n uch yoshli o‘smirning “aliment qarzi” tufayli mamlakat tashqarisiga ucha olmagani bunga yorqin misoldir, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yaqin kunlarda auksionlar yakunlangach, Toshkent aeroportida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari o‘rnatiladi. Ular orqali yo‘lovchilar nafaqat plastik kartalar, balki naqd pulda ham to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, haqiqatan ham aliment to‘lash uchun javobgar shaxs bo‘lgan va turmush o‘rtog‘idan sud tomonidan maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lmagan yo‘lovchining aliment to‘lash bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda ham chet elga chiqishi taqiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0