Toshkent va Perm o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy avtovokzal Yujnie Vorota v Moskve
Mejdunarodniy avtovokzal Yujnie Vorota v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent-Perm yo‘nalishdagi avtobus qatnovi seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. 20 sentabrdan Toshkent va Perm o‘rtasida yangi xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Tashtrans.uz xabariga ko‘ra, Toshkent-Perm yo‘nalishdagi reys seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Avtobus “Toshkent” avtovokzalidan soat 17:25 da jo‘nab ketadi. Chipta narxi 905 000 so‘mni tashkil qiladi.
Pandemiya sabab vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi avtobus qatnovlari 18-iyuldan boshlab qayta yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar amalga oshirilmoqda: Toshkent-Moskva; Toshkent-Qozon; Toshkent-Sankt-Peterburg ; Toshkent-Omsk; Toshkent-Novosibirsk; Toshkent-Nijniy Novgorod.
Yangiliklar lentasi
0