Tramp Baydenning Yelizaveta II dafn marosimida o‘tirgan joyi ustidan kuldi

© AFP 2023 / Mandel NganBivshiy prezident SShA Donald Tramp vo vremya vistupleniya v Vashingtone
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp vo vremya vistupleniya v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Jo Bayden va birinchi xonim Jill Bayden qirol Charlz III dan 14 qator orqada o‘tirgan.
TOShKENT, 20 sen - Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi prezident Jo Baydenni u Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning dafn marosimida o‘tirgan joy uchun masxara qildi. Bu haqda “Skynews” yozmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden va birinchi xonim Jill Bayden Vestminster abbatligining orqa tomonida qirol Charlz III dan 14 qator orqada o‘tirgan.
“Mana, bor-yo‘g‘i ikki yil ichida Amerika bilan nima sodir bo‘ldi. Hech qanday hurmat yo‘q”, dedi Donald Tramp.
Siyosatchi o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Jo Bayden boshchiligida Qo‘shma Shtatlar xalqaro maydonda hurmatini yo‘qotganini aytgan.
“Agar men prezident bo‘lganimda, ular meni u yerga o‘tirg‘izishmasdi va bizning mamlakatimiz hozirgidan butunlay boshqacha bo‘lardi!”, deb yozgan siyosatchi ijtimoiy tarmoqda.
Mamlakatni 70-yildan ortiq boshqargan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8-sentabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi. 19-sentabr kuni uning dafn marosimi o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Jo Baydenning Yelizaveta II ning dafn marosimida kulgani videoga tushib qolgandi.
Yangiliklar lentasi
0