Turkiya ShHTda ishtiroki uchun YeIga hisob berishga majbur emas - Erdog‘an

© Sputnik / Sergei Bobylev  / Mediabankka o‘tishPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan na zasedanii Sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan na zasedanii Sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya rahbari YeI mamlakatni yarim asrdan buyon o‘z safiga qo‘shmayotganini eslatib, mamlakatning Yevropa Ittifoqi oldida hech qanday majburiyati yo‘qligini eslatib o‘tdi.
TOShKENT, 20 sent - Sputnik Bundestagning “Yashillar” fraksiyasi deputati Yurgen Trittenning aytishicha, Turkiyaning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lishga urinishlari Yevropa Ittifoqi va NATO tomonidan javobsiz qolmasligi kerak.
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an mamlakat ShHT sammitidagi ishtiroki uchun Yevropa Ittifoqiga hisob berishga majbur emasligini aytgan.
“Yevropa Ittifoqi bizni 52-yil kuttiradi, o‘z safiga kiritmay turib yana: nega ular bu mamlakat bilan uchrashdi, deb so‘raydi. Men muzokaralar olib borishda davom etaman. Ayni paytda Yevropa Ittifoqiga hisob berishga majbur emasmiz”, - deydi Erdog‘an.
Turkiya rahbari dunyodagi barcha mamlakatlar rahbarlari jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan ham uchrashishini aytgan. “Men barcha mamlakatlar bilan muzokara olib boraman. Chunki biz ushbu dunyoning bir bo‘lagimiz”, - deydi u.
Avvalroq Turkiya rahbari mamlakatning ShHT ga a’zo bo‘lish maqsadi borligi haqida ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0