Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xerson viloyati referendum o‘tkazish bo‘yicha bayonot berishga tayyorlanmoqda

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishStela goroda Xerson.
Stela goroda Xerson. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Kirill Stremousov: 20-sentabr kuni hamma kutayotgan fakt yuzasidan bayonot beramiz
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Xerson viloyati hokimiyati bugun Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish masalasiga doir bayonot beradi. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
“O‘ylaymanki, bugun, 20-sentabr kuni biz zudlik bilan hamma kutayotgan fakt yuzasidan bayonot beramiz”, dedi siyosatchi.
Kecha, 19-sentabr kuni LXR va DXR jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Leonid Pasechnik va Denis Pushilinga hududlarni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. DXR va LXR tezkor tartibda referendumga tayyorlanmoqda. Ular buni mavjud siyosiy vaziyatdan chiqishni va harbiy harakatlarni to‘xtatishning eng tez uslubi deb tushunishmoqda.
Stremousovning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng viloyat aholisi Xerson viloyatida ham xuddi shunday ovoz berish haqida so‘rab unga murojaat qilgan.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson va Zaporojye viloyatining Azov dengiziga tutash qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni ozod qildi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.
Yangiliklar lentasi
0