“Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston–Afg‘oniston” yo‘nalishi bo‘yicha ilk poyezd yo‘lga chiqmoqda

© press-slujba Uzbekiston temir yullariPerviy konteynerniy poyezd viexal po marshrutu “Kitay – Kirgizstan – Uzbekistan – Afganistan”.
Perviy konteynerniy poyezd viexal po marshrutu “Kitay – Kirgizstan – Uzbekistan – Afganistan”. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston” transport yo‘lagi bo‘ylab 12 dona 40 futlik konteynerdan iborat birinchi poyezd O‘zbekiston hududi orqali yo‘lga chiqmoqda.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston" multimodal yo‘lagini rivojlantirish maqsadida “Qashg‘ar – O‘sh – Andijon – G‘alaba – Hayraton” yangi tranzit yo‘nalishi bo‘ylab konteyner poyezdini sinov tariqasida ishga tushirish boshlandi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur yo‘nalish bo‘yicha 12 dona 40 futlik konteynerdan iborat birinchi poyezd O‘zbekiston hududi orqali yo‘lga chiqmoqda.
O‘zbekiston respublika hududi orqali tashish uchun 70 foizlik chegirma, boshqa ishtirokchi davlatlar tomonidan 50 foizgacha bo‘lgan tarif imtiyozlari taqdim etilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat Afg‘oniston yo‘nalishidagi yuk aylanmasi yiliga to‘rt ming konteynerdan oshadi.
Yuk tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika va xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahsulotlar kirgan. Tovarlar Xitoy tomoni tomonidan konteynerlarga shakllantirilgan va O‘sh vokzalida (Qirg‘iziston) konteynerlar O‘zbekistonga tegishli fitting platformalariga ortilgan. Poyezdning so‘nggi manziliga temiryo‘l orqali yetib kelishi ikki kundan keyin rejalashtirilgan.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston” yangi multimodal yo‘lagi bo‘ylab yuk tashish Qashg‘ar (Xitoy) temir yo‘l stansiyasidan O‘sh (Qirg‘iziston) temir yo‘l stansiyasiga avtomobil orqali, so‘ngra “Mozori Sharif” (Afg‘oniston) stansiyasigacha O‘zbekiston hududidan temir yo‘l orqali amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0