Xorijiy sayyohlarni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Buxare
Povsednevnaya jizn v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev xorijiy sayyohlarga qo‘yilgan ortiqcha cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev sayyohlarni ichki ishlar idoralarida ro‘yxatga olish tizimini yengillashtirish lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.
“Eng rivojlangan mamlakatlar ham har bir turist uchun talashayotgan paytda, bizdagi ortiqcha cheklovlarni hammasini qayta ko‘rib chiqish kerak”, - dedi Mirziyoyev turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishdi.
Prezident turizm va ichki ishlar vazirlariga xorijiy turistlarni ichki ishlar idoralarida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat olishdan onlayn xabardor qilish tartibiga o‘tkazishni topshirdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, turizm vazirligi va viloyat hokimlari oldiga yangi imkoniyatlardan foydalansa, kelgusi yilda kamida 7 million xorijiy va 12 million ichki turistlarni jalb qilish mumkin. Kelgusi yilda turizm eksportini kamida 2 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar bor.
Avvalroq joriy yil boshidan sentabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravarga ko‘paygani va 3,1 million nafarni tashkil etgani xabar qilingan edi. Yil boshidan turizm eksporti hajmi 926 million dollar bo‘lgan. Mamlakatga kelgan mehmonlarning sayohati o‘rtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablag‘i 305 dollargacha ko‘paygan.
Yangiliklar lentasi
0