Bugun Toshkentda MDH sport Kengashi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Viktor TolochkoFlagi stran SNG
Flagi stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Majlis o‘z ishini 21-24 sentabr kunlari olib boradi – tafsilotlar.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Bugun Toshkentda MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga a’zo davlatlar Kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Majlisda Sportni rivojlantirish vazirligi va idoralar rahbarlari, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va kotibi hamda MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga a’zo davlatlarning vakillari ishtirok etadi.
Bundan tashqari, MDH Ijroiya qo‘mitasi a’zolari bilan Toshkent va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari va sport inshootlari bo‘ylab sayohat qilish ham reja qilingan.
Majlis o‘z ishini 24-sentabrgacha davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0