Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishTorjestvennoe otkritie reysa Flydubai
Torjestvennoe otkritie reysa Flydubai  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Aviakompaniya tomonidan Dubay – Samarqand – Dubay yo‘nalishda parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. FlyDubai aviakompaniyasi Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqida Transport vazirligi xabar berdi.
Bugun Samarqand xalqaro aeroportida FlyDubai aviakompaniyasining Dubay – Samarqand yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshruvchi havo kemasi tantanali ravishda kutib olinadi.
Aviakompaniya tomonidan Dubay – Samarqand – Dubay yo‘nalishda parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
“Ushbu yo‘nalishda muntzam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi Samarqand shahrining turizm salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishi bilan ham ahamiyatlidir”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni har ikki tomondan haftasiga jami 13 tani tashkil etmoqda. Parvozlar har ikki mamlakatning tayinlangan aviakompaniyalari Uzbekistan airways, Fly Dubai, Air Arabia tomonidan bajarilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0