Dunyoda

YEI Rossiyaga qanday javob berishni maxfiy muhokama qilmoqda

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Mediabankka oʻtishSammit YES v Bryussele
Sammit YES v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar muvofiqlashtiruvchi yigʻilish oʻtkazdi, ular Rossiyaga javob berishni ham muhokama qilmoqda.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Yevropa Ittifoqi davlatlari BMT Bosh Assambleyasi doirasida Rossiyaga oʻzlarining “javobi”ni muhokama qilmoqda, muhokamalar maxfiy. Bu haqda Bryusselda boʻlib oʻtgan brifingda Yevropa Ittifoqi tashqi xizmati rasmiy vakili Peter Stano maʼlum qildi.

“Avval aytganimizdek, bu qadam maʼlum oqibatlarga olib keladi. Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar allaqachon muvofiqlashtiruvchi yigʻilish oʻtkazdi, biz boshqa narsalar qatori, har tomonlama tajovuzkorlikka javob berishni ham muhokama qilmoqdamiz. Lekin bu muhokamalar maxfiydir”, - dedi u referendum oʻtkazilishi haqidagi savolga javob berib.

Dushanba kuni DXR va LXR jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikga zudlik bilan Rossiya Federatsiyasiga qoʻshilish boʻyicha referendum oʻtkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Seshanba kuni Xerson viloyati Jamoatchilik kengashi ham shu taklif bilan viloyat rahbariga murojaat qildi. Keyinchalik, imkon qadar tezroq Rossiyaga qoʻshilish boʻyicha referendum oʻtkazish talabi Zaporojye viloyati maʼmuriyati rahbari Yevgeniy Balitskiyga ham yoʻllangan.
Hududlar vakillari oʻz murojaatlarida taʼkidlaganidek, Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qoʻshilish ularning hududlari xavfsizligini taʼminlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.
Yangiliklar lentasi
0