Lavrov BMT Bosh Assambleyasi haftaligidagi ishtirokini boshladi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Lavrov yigirmaga yaqin uchrashuvlar o‘tkazishi va shanba kuni BMT minbaridan chiqishi kutilmoqda.
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 21-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi ishtirokining rasmiy dasturini boshlaydi.
Vazir boshqa davlatlar rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan yigirmaga yaqin uchrashuvlar o‘tkazishi va shanba kuni BMT minbaridan chiqishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, vazirning aniq jadvali hozirgacha ishlab chiqilmoqda.
Lavrovning tashrifi Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida jahon sahnasida kuchayib borayotgan qarama-qarshilik fonida o‘tmoqda, bu qarama-qarshilik ayniqsa Ukrainada Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan va u yerga G‘arb davlatlaridan qurol-yarog‘ yetkazib berilganidan keyin keskinlashgan.
Bu masalalar bo‘lajak siyosiy munozaralar va ikki tomonlama aloqalarning diqqat markazida bo‘lishi kutilmoqda.
BMT doirasida Donbass respublikalari, shuningdek, ozod qilingan Zaporojye va Xerson viloyatlarining yaqin kelajakda Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish rejalari haqida ham savol tug‘ilishi mumkin.
Rossiya delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etishi Amerika vizalarini berish va logistika bilan bog‘liq muammolar tufayli so‘nggi daqiqagacha shubha ostida edi.
Yangiliklar lentasi
0