Melitopolda aksilterror mashg‘ulotlari boshlandi

© Sputnik / Dmitriy Makeyev / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Melitopole
Povsednevnaya jizn v Melitopole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligi doirasida jamoat xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Melitopolda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aksilterror mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda “Biz Rossiya bilanmiz” harakati raisi, Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Melitopolda huquq-tartibot idoralari harakatlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligi doirasida jamoat xavfsizligini ta’minlashdan iborat”, dedi Rogov.
Unga ko‘ra, shaharning barcha tumanlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga og‘ir texnikalar jalb qilingan.
Ma’lumot uchun, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari o‘z hududlarining maqomini aniqlash bo‘yicha umumxalq referendumiga tayyorlanmoqda. Referendum 23-37 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0