Mirziyoyev aholining barcha qatlamlariga ta’sir qiladigan islohotlar ishlab chiqishni topshirdi

© Foto : Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Strategik islohotlar agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarni yanada jadallashtirish va natijadorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarining 9-sentabrdagi farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi.
Yig‘ilishda mazkur Agentlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, ustuvor yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.

"Islohotlar natijasida ijobiy o‘zgarish bo‘lishi, odamlar buni o‘z hayotida sezishi kerak. Agentlik buning uchun ustuvor islohotlarni aniqlaydigan, ularni o‘zaro muvofiqlashtiradigan va natijadorlikni ta’minlaydigan tuzilmaga aylanishi lozim", deydi prezident.

Yig‘ilishda shu boradagi asosiy vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.
Ta’kidlanishicha, ish o‘rinlari ko‘payishi va aholi daromadlari o‘sishi uchun iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini aniqlash ham juda muhim.
Shu bois davlat rahbari aholining barcha qatlamlariga ijobiy ta’sir qiladigan islohotlarni aniqlab, “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Bunda aholidan eng ko‘p murojaat bo‘layotgan sohalarga e’tibor qaratish, ular bo‘yicha nimaga erishilishi va xalq nima manfaat ko‘rishini aniq ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi.
Ustuvor sohalarni isloh qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlardan iborat Loyiha guruhlarini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0