Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Olimlar Yerdagi barcha chumolilarni sanab chiqdi

© epositphotos / antreymuravi
muravi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Etimologlar o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, Yer yuzida 20 kvadrillionta chumoli bor.
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Entomolog olimlar Yer yuzidagi barcha chumolilar sonini hisoblab chiqdi. Ularga ko‘ra, Yer yuzida 20 kvadrillion (birdan keyin 15 nol yoki million milliard) chumoli bor. Bu haqda RIA Novosti “Proceedings of the National Academy of Sciences” jurnalida chop etilgan tadqiqotga asoslanib, xabar berdi.
“Barcha qit’alar va asosiy ekotizimlardan olingan ma’lumotlarni birlashtirgan holda, bizda Yerda umumiy biomassasi 12 megaton bo‘lgan 20 kvadrillion chumolilar mavjud”, - deyiladi tadqiqotda.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich yovvoyi qushlar va sutemizuvchilarning umumiy biomassasidan oshadi va inson biomassasining 20% iga teng.
Tadqiqotchilar chumolilar soni sayyora bo‘ylab notekis taqsimlanganligini ta’kidlagan. Ularning aksariyati tropik o‘lkalarda yashaydi.
Qayd etilishicha, olimlar tahlili barcha qit’alar, asosiy ekotizimlar va yashash joylarini qamrab olgan 489 ta tadqiqotga asoslanadi.
Yangiliklar lentasi
0