Primoryeda o‘zbekistonlik migrantlar uchun rus tilini o‘rganish markazi ochildi

© Sputnik / Artem JitenevTestirovanie inostrannix grajdan po russkomu yaziku
Testirovanie inostrannix grajdan po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘quv markaz o‘zbekistonlik migrantlarga rus tili, rus tarixi va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishga yordam beradi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiyaning Vladivostok viloyatida o‘zbekistonlik migrantlarga rus tilini o‘rgatadigan “Primorye– umumiy uyimiz” o‘quv markazi ochildi. Bu haqda bugun RIA Novosti viloyat hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.
“Primoryeda “Primorye – umumiy uyimiz” o‘quv markazi ish boshladi. Darslar O‘zbekiston Respublikasidan kelgan, rus tilini o‘rganish va mintaqadagi hayotga moslashish istagida bo‘lgan migrantlar — kattalar va bolalar uchun mo‘ljallangan”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kompleks ta’lim dasturi Vladivostokda yashovchi migrantlarning bolalari uchun maktab ta’limidan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan, chunki rus tilini bilmaslik bolalarning sinfda o‘qituvchilarning tushuntirishlarini tushunmasligiga, darslikdagi matnlarni o‘qiy olmasligiga olib keladi. Ba’zan rus tilini bilmaydigan bolalar o‘qituvchilari yoki tengdoshlari bilan suhbatda o‘z fikrlarini bildirishlari juda qiyin.
O‘quv markaz mehnat migrantlariga muvaffaqiyatli ishga joylashish hamda ijtimoiy-madaniy muhitda yashash uchun rus tili, rus tarixi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishga yordam beradi. Loyiha 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
O‘quv markazini tashkil etish loyihasi viloyat budjeti hisobidan qo‘llab-quvvatlandi. Moliyalashtirish miqdori deyarli 1,5 million rublni tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0