Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin: maxsus operatsiya Ukrainadagi millatchilarga qarshi kurashish uchun zarur edi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Maxsus harbiy operatsiya Ukrainadagi millatchilarga qarshi kurashish uchun lozim edi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga qilgan murojaatida ma’lum qildi.
“Yangi, galdagi, ilgari ikki marta bo‘lganidek, Donbassga keng ko‘lamli hujum muqarrarligi mutlaqo ravshan bo‘ldi. So‘ngra esa Rossiya Qrimi, Rossiyaga hujumlar muqarrar bo‘lardi. Shu bois oldinroq harakat qiluvchi harbiy operatsiya qarori mutlaqo zarur va yagona imkoni bor qaror edi”, - dedi Putin.
Rossiya rahbari Lugansk xalq respublikasi deyarli neonatsistlardan tozalangani, Donesk xalq respublikasida esa janglar davom etayotganini ta’kidladi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0