Dunyoda

Qozogʻistonda navbatdan tashqari prezident saylovi qachon oʻtkazilishi aniq boʻldi

© Sputnik / Mediabankka oʻtishReferendum po popravkam v konstitutsiyu Kazaxstana
Referendum po popravkam v konstitutsiyu Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qozogʻistonda navbatdan tashqari prezident saylovi 20 noyabrga belgilandi.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Qozogʻistonda 20 noyabr kuni navbatdan tashqari prezident saylovi boʻlib oʻtadi. Respublika prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tegishli tegishli farmonga imzo chekdi.

“Navbatdan tashqari Qozogʻiston Respublikasi prezidenti saylovi 2022 yil 20 noyabrga belgilansin”, - deyiladi Oq oʻrda chop qilgan hujjat matnida.

Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi navbatdan tashqari prezident saylovini tashkil etish va oʻtkazishni taʼminlashi zarur.
Eslatib oʻtamiz, Qosim-Jomart Toqayev 1 sentyabr kuni mamlakat xalqiga yoʻllagan murojaatida navbatdan tashqari prezident saylovini oʻtkazishni taklif qilgan edi. Shuningdek, u prezidentni bir marta qayta saylanish huquqisiz 7 yillik muddatga saylash tashabbusini ilgari surgan edi.
Yangiliklar lentasi
0