Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari tinch hayot uchun sharoit yaratmoqda – Shoygu

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka oʻtishMinistr oboronы RF Sergey Shoygu. Arxivnoye foto
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shoygu: Mariupolda uchta turar-joy binosi qurilgan. Yil oxirigacha yana toʻqqizta uy qurish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukrainadagi maxsus operatsiya davomida ozod qilingan hududlarda tinch hayot oʻrnatish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu maʼlum qildi.

“Ukraina Qurolli kuchlari va Milliy batalonlari tomonidan qattiq vayron qilingan Mariupol shahri nazoratini oʻz qoʻliga olganidan soʻng Oliy qoʻmondon barcha boshpanasizlarni uy-joy bilan taʼminlash va buzilgan infratuzilmani tiklash vazifasini qoʻydi. Harbiy qurilish majmuasi mutaxassislari shaharda kecha-kunduz ish olib bormoqda”, - dedi Shoygu.

Uning soʻzlariga koʻra, Mariupolda uchta turar-joy binosi qurilgan.

“Yil oxirigacha yana toʻqqizta uy qurish rejalashtirilgan”, - deya qoʻshimcha qildi vazir.

Shoyguning aytishicha, 84 kun ichida Lugansk va Mariupolda “umumiy sigʻimi 260 oʻrinli ikkita koʻp funktsiyali tibbiyot markazi” qurilgan.
“Ular zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan toʻliq taʼminlangan”, dedi vazir.
Taʼkidlanishicha, Volnovaxada 14 kilometr uzunlikdagi suv oʻtkazgich qurilishi yakunlandi.

“Natijada kuniga 35 ming kub metr suv yetkazib berish taʼminlanadi. Rossiya Qurolli kuchlari ozod qilingan hududlarda tinch hayot oʻrnatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda”, - dedi Shoygu.

24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiya oʻtkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning oʻzi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0