Rossiya nafaqat Ukraina, balki G‘arb bilan ham urushmoqda - Shoygu

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu, arxivnoe foto
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Shoyguning aytishicha, Ukrainada sovet davridan qolgan qurollar tugab qolgan.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya maxsus operatsiya davomida nafaqat Ukraina bilan, balki kollektiv G‘arb bilan ham urushmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“Bu yerda, albatta, bugun biz nafaqat Ukraina, Ukraina armiyasi bilan, balki kollektiv G‘arb bilan urushayotganimizni ta’kidlamasdan ilojim yo‘q”, dedi Shoygu “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida.
Uning tushuntirishicha, Ukrainada sovet davridan qolgan qurollar tugab qolgan. Shoyguga ko‘ra, Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan qurollarga ega bo‘lgan ko‘plab Yevropa mamlakatlari “barcha omborlarini tozalab, ularni yaxshilab supurib tashladi” va Ukrainaga qurollarni topshirdi.
“Haqiqatan ham kollektiv G‘arb, qo‘shimcha ravishda NATO bilan urushayotgan vaqtimiz keldi”, deya qo‘shimcha qildi Shoygu.
Yangiliklar lentasi
0