Rossiyaga qo‘shilish referendumlari: G‘arb Moskvaning asosiy quroli haqida unutdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishJiteli Zaporojya vo vremya obshenarodnogo syezda po voprosu provedeniya referenduma o vstuplenii v Rossiyu v DK Jeleznodorojnikov v Melitopole.
Jiteli Zaporojya vo vremya obshenarodnogo syezda po voprosu provedeniya referenduma o vstuplenii v Rossiyu v DK Jeleznodorojnikov v Melitopole.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb Rossiyaga barcha ayblovlarni yog‘dirganda Rossiya odatda "avtojavob" tugmasini bosadi: “Aloqada qoling, sizning fikringiz biz uchun muhim. Sizga Mudofaa vazirligining birinchi bo‘shagan operatori javob beradi”.
Kecha oqshom Fransiya prezidenti Vladimir Putin bilan favqulodda ravishda telefon suhbati va rad javobini oldi. Emmanuel Makronning o‘zi aytishicha, u yaqin kunlarda Rossiya rahbari bilan gaplashishga umid qilmoqda. Vladimir Zelenskiy esa tezlikda Turkiya rahbari Rajab Toyyip Erdog‘an bilan gaplashib oldi. Shuningdek Jozep Borrel, Olaf Shols, Davlat departamenti, NATO va boshqalar Rossiyani murosasiz ayblovlari va yangi sanksiyalar bo‘yicha tahdidlarini aytishga ulgurdi.
Shovqin-suronning sababi aniq - DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida Rossiyaga qo‘shilish borasida referendumlarni o‘tkazish haqidagi xabarlar bo‘ldi.
Dushanba kuni to‘rtta viloyatning vakillik va ijro hokimiyati organlarida ushbu tashabbus ko‘rib chiqildi va kechagina zarur qarorlar qabul qilish bo‘yicha rasmiy jarayonlar o‘tkazildi. Eng dahshatlisi esa sanasining e’lon qilinishi bo‘lib chiqdi, u juda yaqin bo‘lib chiqdi - 23-27 sentabrda.
O‘z navbatida, Rossiya davlat tuzilmalari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyorliklarini namoyish etishdi. Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin va Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev referendumni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi tegishli hududlardan kelgan odamlar o‘rtasida ovoz berishni tashkil etishda yordam berishga, shuningdek, referendum o‘tkazilayotgan hududlarga kuzatuvchilarni yuborishga tayyorlanmoqda.
Ushbu voqealar qanday kontekstda sodir bo‘layotganini yodga olish zarur. Bunda gap so‘nggi hafatalarda Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan aholi punktlarini dahshatli o‘qqa tutish haqida ketmoqda. Dushanba kuni Doneskda Boku Komissarlari maydonida 13 kishi, LXRning Krasnorechenskoe qishlog‘ida 7, jumladan, uch nafar bola halok bo‘ldi. Bir kun avval Doneskdagi ommaviy zarbalarda to‘qqiz nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan edi. Xerson va Melitopolda ham vaziyat yaxshi emas.
Bo‘lib o‘tayotgan otishmalarda hech qanday harbiy maqsadlar yo‘q - maqsad faqat jazolash, terror. O‘nlab halok bo‘lgan tinch aholi, kattalar va bolalar “tasodifiy yo‘qotishlar” emas (hech bir armiya bundan xoli emas). Yo‘q, ular - zarbalarning asosiy nishoni.
Bir kun kelib tarixchilar va ijtimoiy psixologlar Ukraina tajribasini batafsil o‘rganishadi: qanday qilib va nima uchun G‘arb butun bir mamlakatni kamikadze-zombiga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi - aqldan mahrum, lekin nafrat shunchalik kuchliki - ular nafaqat begonalarni balki o‘z vatandoshlarini ham o‘ldirishga tayyor.
Ammo ayni paytda Rossiya uchun amaliy savol ko‘proq muhim: yonginangizda paydo bo‘lgan bu dahshatli mavjudotni nima qilish kerak? Ushbu muammoni hal qilish uchun maxsus harbiy operatsiya boshlangan edi. Va jarayon sekin bo‘lsada, biroq davom etmoqda. Shubhasiz, aynan shunday strategiyani amalga oshirishning eng jiddiy siyosiy va harbiy-siyosiy sabablari bor – ushbu strategiyanining to‘g‘riligini Vladimir Putin kecha Samarqandda yana bir bor tasdiqladi.
Biroq AQSh va Yevropa ham Rossiya Ukraina mojarosida "uzoq botib" qolganidan mamnun ligini yashirmayapti. Aftidan, G‘arb Ukrainani Rossiya uchun “iflos yadroviy bomba”ga aylantirishdagi ishlarda muvaffaqiyat qozonishiga chindan ham ishongan ko‘rinadi. Ularning yetakchilarining pisanda sharhlarini kino klassikasining mashhur iborasi “Kostya Saprikinga qarshi sizda hech qanday usul yo‘q” qabilida tushunsa bo‘ladi.
To‘g‘ri, ular, aftidan, Moskvaning asosiy quroli - bu shaxmat taxtasidagi butun kompozitsiyani nafaqat buzadigan, balki stolni aylantirib yuboradigan assimetrik va kutilmagan harakatlar qilish qobiliyati ekanligini yana unutishgan chog‘i. Bu ajablanarli, chunki oxirgi “surpriz”dan keyin olti oydan biroz ko‘proq vaqt o‘tdi.
Shunday ekan yaqin kunlar va haftalarda Pentagon va boshqa G‘arb davlatlari tahlilchilari va xodimlari referendumlar va undan keyingi siyosiy o‘zgarishlar Moskvaning mahsus harbiy operatsiyadagi taktikasi va strategiyasiga qanday ta’sir qilishi, ikkalasini ham qanday yoqimsiz “surprizlar kutayotgani” haqida bosh qotirishlariga to‘g‘ri keladi. Mulohaza uchun esa eng keng maydon ochiladi. Masalan, Zaporojye viloyati mustaqillikni e’lon qilishi va o‘z ma’muriy chegaralari bilan Rossiya tarkibiga kirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Shunga ko‘ra, viloyat Rossiya Federatsiyasining subyekti bo‘lganda, viloyat hududida joylashgan Ukraina va xorijiy harbiy qismlar o‘ta og‘ir vaziyatda qoladilar.
Vaziyat yana istalmagan tomonga burilib borayotganini sezgan AQSh va Yevropa Ittifoqi rasmiylari oldindan bilgan barcha yorliqlarini yopishtirishdi. Biz bu yorliqlarni sakkiz yarim yil avval Qrim referendumi minosabati bilan yaxshi taniganmiz. Aytish joiz, o‘sha paytda G‘arb va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarning sifati va darajasi hozirgilari bilan taqqoslab bo‘lmas edi - axir hammasini ularning o‘zlari boshlashdiku.
Rossiyachi? U avtojavob berish tugmasini bosdi: “Aloqada qoling. Sizning fikringiz biz uchun muhim. Sizga Mudofaa vazirligining birinchi bo‘shagan operatori javob beradi”.
Yangiliklar lentasi
0