Safarbarlik maqsadi va referendumlarni qo‘llab-quvvatlash: Putin murojaatidan asosiy fikrlar

© Sputnik / Mixail Metsel / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin obratilsya s privetstviyem k uchastnikam Delovogo foruma BRIKS
Prezident RF V. Putin obratilsya s privetstviyem k uchastnikam Delovogo foruma BRIKS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Qisman safarbarlikning maqsadi - ozod qilingan hududlarda hamda referendum o‘tkazish vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘ladi.
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun ertalab xalqqa murojaat qildi.
O‘z murojaatida Rossiya prezidenti Ukrainani demilitarizatsiya qilish va denatsionalizatsiya qilish hamda Donbassni ozod qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyaning borishi, shuningdek, Rossiya suvereniteti va yaxlitligini himoya qilish choralari haqida gapirdi.

Qisman safarbarlik maqsadi

Vladimir Putin Mudofaa vazirligining taklifiga asosan qisman safarbarlik haqida farmon imzoladi. Unda asosiy maqsad - ozod qilingan hududlarda odamlar xavfsizligini ta’minlash deyilgan.
“Vatanimiz, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, ozod qilingan hududlarda xalqimiz va xalqimiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligi va Bosh shtabning Rossiya Federatsiyasi hududida qisman safarbarlik o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatlashni zarur deb bilaman", dedi Putin o‘z murojaatida.
Putinning ta’kidlashicha, safarbarlikka faqat zaxiradagi harbiylar — harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy mutaxassislikka va tajribaga ega bo‘lganlar chaqiriladi. Harbiy harakatlar hududiga yuborishdan oldin har bir kishi qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tadi. Qisman safarbarlik tadbirlari bugun, 21-sentabrdan boshlanadi.

Rossiya ozod qilingan hududlar aholisi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi

Kiyev rejimining qo‘rqitish va terror siyosati tobora dahshatli va vahshiy ko‘rinishga ega bo‘lib bormoqda, Ukraina bo‘ylab fuqarolarga nisbatan repressiyalar kuchaymoqda, dedi Putin. Bunday sharoitda Rossiya Donesk va Lugansk respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisining kelajagi haqida qabul qiladigan qarorni qo‘llab-quvvatlaydi.
"Bizga yaqin odamlarni jallodlar tomonidan azoblanishiga qo‘yib berishga bizning ma’naviy haqqimiz yo‘q. Shuningdek biz ularning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga bo‘lgan samimiy istagiga ham javob bermay ilojimiz yo‘q. Donbass xalq respublikalari parlamentlari, shuningdek Xerson va Zaporojye viloyatlarining harbiy-fuqarolik ma’muriyatlari ushbu hududlarning kelajagi bo‘yicha referendum o‘tkazishga qaror qilishdi va bunday qadamni qo‘llab-quvvatlashni so‘rab, bizga, Rossiyaga murojaat qilishdi", - dedi Putin
O‘z navbatida, Rossiya referendumlarni xavfsizx o‘tkazish uchun barcha xavfsizlik choralarini ko‘radi, dedi prezident.

Maxsus operatsiya maqsadi - Donbassni to‘liq ozod qilish

Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, G‘arb o‘z maqsadini ochiq oydin aytmoqda. Ularning maqsadi - Rossiyani zaiflashtirish va yo‘q qilishdir. Ular allaqachon Ukrainani Rossiyaga qarshi plasdarmga aylantira olgan. Kiyev rejimi Donbass muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishni ochiqchasiga rad etib, yadroviy qurolga da’vo qilishni boshlaganidan so‘ng, yangi hujum muqarrar ekani ayon bo‘ldi. Undan so‘ng esa Qrimga va Rossiyaga hujum bo‘lardi.
Bunday sharoitda oldindan maxsus operatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yagona mumkin yo‘l edi, dedi Putin. Ayni damda bizning maqsad - Donbassning butun hududini ozod qilish bo‘lib qolmoqda.
"Lugansk Xalq Respublikasi allaqachon neonatsistlardan deyarli butunlay tozalangan. Donesk Xalq Respublikasida janglar davom etmoqda. Bu yerda sakkiz yil davomida Kiyev chuqur eshelonlangan uzoq muddatli istehkomlar chizig‘ini yaratdi. Ular bilan to‘qnashuv katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin edi, shuning uchun bizning bo‘linmalarimiz, Donbass respublikalarining harbiy qismlari tizimli, malakali harakatlar bilan, texnikadan unumli foydalangan holda, shaxsiy tarkibni himoya qilib, Donesk yerlarini bosqichma-bosqich ozod qilmoqda", - dedi Putin.
Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, jumladan, Istanbuldagi muzokaralarda Kiyev vakillari Moskvaning tinchlik muzokaralari bo‘yicha takliflariga ijobiy munosabat bildirishgan edi. Lekin, aftidan, G‘arb kuratorlari tomonidan Kiyevga barcha tinchlik kelishuvlarini buzish to‘g‘risda buyruq berilgan.Chknki shundan so‘ng, Ukraina muzokaralardan bosh tortdi va u yer yanada ko‘proq qurol-yarog‘ bilan to‘ldirila boshladi, xorijiy yollanma to‘dalari yuborildi.
Yangiliklar lentasi
0