Turkiyaning ShHTga kirishi haqidagi savollar Sholsni g‘azablantirdi

© AP Photo / Markus SchreiberKansler Germanii Olaf Shols
Kansler Germanii Olaf Shols - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Bir kun oldin Erdo‘g‘on Turkiyani 52-yildan buyon a’zolikka qabul qilmagan Yevropa Ittifoqi oldida hisobot berishga majbur emasligini ta’kidlagan edi.
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols Turkiyaning ShHTga qo‘shilish istagi haqidagi savoldan so‘ng o‘zini yo‘qotdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Jurnalistlar unga Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishi doirasida murojaat qilishgan. Sholsning fikriga ko‘ra ShHT dunyoda yaxshi munosabatlar o‘rnatilishiga hissa qo‘shmas emish.
"Biz bu tashkilot dunyoda yaxshi munosabatlar o‘rnatilishiga juda muhim hissa qo‘shayotgani yo‘q, deb hisoblaymiz. Shuning uchun bu masalaning rivojlanishi va bu boradagi muhokamalar meni juda g‘azablantirmoqda", dedi u suhbat chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Turkiya prezidenti Tayyip Erdo‘g‘on Turkiya ShHTga a’zo bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqi Turkiyaning bunday bayonotidan norozi ekanini ta’kidlagan edi. Bunga javoban Erdo‘g‘on Turkiyani 52-yildan buyon a’zolikka qabul qilmagan Yevropa Ittifoqi oldida hisobot berishga majbur emasligini ta’kidlagan edi
Ma’lumot uchun, bugungi kunda ShHTga 8ta davlat a’zo. Bular Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston. ShHTning o‘tgan hafta Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitida Eron ham tashkilotga kirish memorandumini imzoladi. Shuningdek Belarus ham imkon qadar ShHTga a’zo bo‘lish niyati borligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0