Hech kim Rossiyani BMTdagi muhim rolidan mahrum qila olmaydi – Xitoy TIV

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF S. Lavrova v Kitay
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Kitay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Van I Rossiya Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi va “BMTdagi muhim rolini o‘ynashda” davom etishi kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Hech kim Rossiyani Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi (BMT) muhim rolidan mahrum qila olmaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Rossiya tashqi siyosati yetakchisi Sergey Lavrov bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Sizni yana ko‘rganimdan juda xursandman, aziz do‘stim. Biz tom ma’noda Samarqandda uchrashdik. BMT Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan, ammo tashkilotning o‘zi barchamizga tegishli. Rossiya Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi va shunday bo‘lishi shart. Mamlakat BMTda o‘zining muhim rolini o‘ynashda davom etaveradi. Hech kim Rossiyani bu huquqdan mahrum qila olmaydi”, - dedi Van I.

Xitoy tashqi ishlar vaziri ShHT sammiti doirasida Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin ikki tomonlama munosabatlar mavzusini ko‘tarib, ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishganini eslatdi.
Van I ikki davlat rahbarlarining so‘nggi uchrashuvi qarorlarini amalga oshirish ustida ishlashga tayyorligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi hali o‘tib ketmagan, jahon sahnasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Hozirgi sharoitda Pekin va Moskva o‘rtasidagi muvofiqlashtirish va hamkorlikni mustahkamlash, ularning umumiy muammolarga birgalikda javob berish, shuningdek, dunyo tartibini yanada adolatli qilish uchun Rossiya va Xitoy tomonidan global xavfsizlik tashabbusini ilgari surish muhim rol o‘ynaydi.
O‘tgan hafta Vladimir Putin va Si Szinpin Samarqanddagi ShHT sammiti doirasida uchrashgan edi. Davlat rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan asosiy xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Sergey Lavrov BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasining yuqori darajadagi haftaligida ishtirok etish uchun bir kun avval Nyu-Yorkka keldi. Rossiya diplomatiyasi rahbari Bosh Assambleya doirasida bir qator davlatlar rahbarlari va tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari, shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan 20 ga yaqin uchrashuvlar o‘tkazishi kerak. U shanba kuni Bosh Assambleya minbaridan chiqishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0