Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 21-sentabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyFragment steli pri vyezde na territoriyu Zaporojskoy AES v Energodare.
Fragment steli pri vyezde na territoriyu Zaporojskoy AES v Energodare.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy salohiyatiga zarba berishda davom etmoqda. O‘tgan sutkada yuzlab askarlar va o‘nlab xarbiy texnika yo‘q qilindi.
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukraina hududida o‘tkazilayotgan maxsus harbiy operatsiyaga oid 21-sentabrning asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:

Xerson viloyatining Pravdino posolkasida joylashgan Ukraina QKning 28-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalarining 200ga yaqin shaxsiy tarkibi, 21ta harbiy texnikasi yo‘q qilindi. Qo‘mondonlik xatosi tufayli ushbu bo‘linmaning 2-batalonining 4-rotasining shaxsiy tarkibi to‘liq halok bo‘ldi, - deyilgan xabarda. (28-brigada qo‘mondoni askarlarni minalashtirilgan maydonga yo‘naltirgan).
DXRning Pavlovka tumanida Ukraina Prezidentining 1-brigadasining 3-bataloni muvaffaqiyatsiz qarshi hujumga urinishi oqibatida 60 dan ortiq askari safdan chiqqan, 4ta tank va 8ta mashinasi yo‘q qilingan.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining DXRning Artemovsk posolkasida joylashgan Ukraina QKning 93-mexanizatsiyalashgan brigadasi 2-bataloniga berilgan yuqori aniqlikdagi zarba natijasida dushmanning 75 dan ortiq askar va to‘qqizta harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Rossiya QKning operativ-taktik va aviatsiya, raketa va artilleriyasi tomonidan Artyomovsk, Svatogorsk, Aleksandrovka, DXRning Yarovaya, Kupansk, Chervoniy Oskol aholi punktlaridagi sakkizta qo‘mondonlik punktlariga zarba berildi. Xarkov viloyati, DXRning Nikolayevka tumanida "Donbass" millatchi tuzilmasi vaqtinchalik joylashtirish punkti, shuningdek, 147 ta tumanda 68 ta artilleriya birligi, ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berildi.
Xarkov viloyatining Kamenka, Donesk Xalq Respublikasining Krasnoarmeysk, Dimitrov, Seversk va Xerson viloyatining Belaya Krinitsa aholi punktlari hududlarida 12 ta o‘q-dori va qurol-yarog‘ ombori yo‘q qilindi.
DXRning Staromayorskoe, Petrivskoe, Karpovka, Stepnoe, Bobrovy Kut, Mirolyubovka, Krasnoselskoe, Volkovskoe va Charivnoe aholi punktlari hududlarida kuniga 11 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi. Jumladan, Xerson viloyati, Dmitrenko qishlog‘i yaqinida bitta Bayraktar yo‘q qilindi.
Lugansk Xalq Respublikasining Svistunovka, Chernobayevka, Zavetnoe aholi punktlari hududlarida hamda Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi yaqinida Amerikaning HIMARS raketa tizimining 28 ta snaradlari va Amerikaning uchta HARM radarga qarshi raketalari havoda yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri jami 295 ta samolyot, 155 ta vertolot, 2018 ta uchuvchisiz uchish apparati, 375 ta zenit-raketa kompleksi, 5052 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 841 ta ko‘p turli texnika, raketa tizimlari, 3405 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 5743 dona maxsus harbiy mashinalar yo‘q qilindi.

Ukraina Qurolli kuchlari zarbalari

Ukraina artilleriyasi Energodar shahri va Zaporojye atom elektr stansiyasi hududini o‘qqa tutishda davom etdi.
Xususan, yirik kalibrli snaradning portlashi natijasida Zaporojye AESining 5-blokining 1-xavfsizlik tizimi texnik suv tizimining quvurlaridan biri shikastlangan.
Bundan tashqari, bugun tunda Ukraina artilleriyasi Energodar shahri yaqinidagi atom elektr stansiyasining beshinchi energoblokidan kelayotgan elektr uzatish liniyasiga zarba berdi.
Stansiya Ukraina Qurolli Kuchlarining Marganes aholi punkti yaqinidagi o‘t ochish pozitsiyalaridan o‘qqa tutildi. Ukraina Qurolli kuchlarining artilleriya bo‘linmalari javob o‘qlari bilan bostirildi.
Hozirda Zaporoje atom elektr stansiyasida radiatsiyaviy holat normalligicha qolmoqda.

Boshqa xabarlar

Eslatib o‘tamiz, prezident Vladimir Putin 21-sentabr kuni Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 300 ming nafar harbiy xizmatni o‘tagan, muayan harbiy mutaxassislik va tajribaga ega bo‘lgan harbiylar maxsus operatsiyaga jalb etiladi.
Shuningdek Rossiya prezidenti ️Rossiya DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendum qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.
Shu bilan birga Rossiya prezidenti, agar Rossiya Federatsiyasining hududiy yaxlitligi tahdid ostida qolsa, Moskva barcha imkoniyatlarni ishga soladi, jumladan yadro qurolini ham va bu shunchaki vahima qilish emas, - dedi Putin.
Yangiliklar lentasi
0