Maxsus reportaj: Paxtani qo‘lda terish osonmi - video

Obuna bo‘lish
Nega paxtani qo‘lda terish kerak? - Chunki shunda u tozaroq, sifatliroq bo‘ladi.
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Shu kunlarda paxta terimi qizg‘in ketmoqda. Dalalarda terim qanday borayotgani haqida hikoya qilib berish maqsadida Sputnik muxbiri paxta dalasiga yo‘l oldi.
Toshkent viloyatidagi fermer xo‘jaligiga tegishli paxta dalasida mahalliy va boshqa viloyatlardan kelgan 150 nafar terimchi ishlamoqda. Ularning har biri kuniga o‘rtacha 80kg paxta teradi. Lekin ushbu normani ikki baravar ortig‘i bilan bajaradigan terimchilar ham bor. Masalan, qashqadaryolik Gulsara Eshemova. U kishi kuniga 150-160 kg paxta teradi. Boshqa terimchilar u kishini “temir ayol” deb atashadi.
Paxta teruvchilar dam olishi, tushlik qilishi uchun dalada barcha sharoitlar yaratilgan.
Terilgan paxta xom ashyosi qayta ishlash uchun klasterga jo‘natiladi.
Yangiliklar lentasi
0