"Mening birinchi uyim" yangi ipoteka dasturi Toshkent viloyatidan boshlanadi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari mutasaddilarga aholini uy-joy bilan ta’minlash yuzasidan bir qator vazifalar topshirdi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent viloyatida har bir fuqaroga bir marta yangi qurilgan xonadonni imtiyozli ipotekaga olish imkoniyatini berish maqsadida kelgusi yildan “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturini amalga oshirish Toshkent viloyatidan boshlanadi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari kengashi sessiyasida ma’lum qildi.
Aytilishicha, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Mirzayev Zoyir o‘z taqdimotida aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga ham to‘xtaldi. Bir kishiga uy-joy bilan ta’minlash darajasi respublika darajasidan pastligicha qolayotgani qayd etildi.
Davlat rahbari mutasaddilarga quyidagi vazifalarni topshirdi:
kelgusi yilga ehtiyojmand aholi uy-joy ipotekasi uchun 100 milliard so‘m subsidiya ajratish;
Zangiota tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivini qurish bo‘yicha taklif kiritish;
Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron, Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlarida 19 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchilarni zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash.
Yangiliklar lentasi
0