Mirzayev rasman Toshkent viloyati hokimi etib tasdiqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZoyir Mirzayev
Zoyir Mirzayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 2021-yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Zoyir Mirzayev nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Zoyir Mirzayev rasman viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida ishtirok etgan. Sessiyada Toshkent viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.
Davlat rahbari 2021-yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Zoyir Mirzayev nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etgan.
Nomzod bo‘yicha muhokamalarni boshlashdan avval so‘zni nomzodga berib, uning 10 oy davomida viloyatda to‘plagan tajribasi va xulosalari asosida kelgusida hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilingan.

Keyin Toshkent viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Zoyir Mirzayev 1968-yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Hokim sifatidagi ish faoliyatini 2003-yil Jomboy tumanidan boshlagan. 2008-2010 yillarda Samarqand shahar hokimi, 2010-2016 yillarda esa Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan. 2019-yilning oktabr oyidan boshlab, 2021-yilning noyabr oyiga qadar Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0