Siyosat

Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqdi
Oʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar turkman xalqiga esa farovonlik tiladi.
TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar turkman xalqiga esa farovonlik tilagan.
Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
“Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarning keng qamrovli kun tartibini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzaro savdoni koʻpaytirish, sanoat, energetika, transport, qishloq xoʻjaligida kooperatsiyani chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi”, - deyiladi xabarda.
Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashgan. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Samarqand sammitining sermahsul natijalari yuksak baholangan.
Muloqot yakunida Oʻzbekiston prezidenti birodar Turkmaniston prezidenti va xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilagan.
“Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedovning suhbati har doimgidek samimiyat, ishonch va doʻstlik ruhida oʻtdi”, - deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, bugun, 22 sentyabr kuni 41 yoshni qarshiladi.
Yangiliklar lentasi
0