Jamiyat

Moskvada ikki ayolni yongʻindan qutqargan oʻzbekistonlik yigit mukofotlandi - video

© Sputnuk/Alina NiyazbakiyevaTseremoniya nagrajdeniya uzbekistantsa Oybeka Yeshtemirova v Moskovskom dome natsionalnostey.
Tseremoniya nagrajdeniya uzbekistantsa Oybeka Yeshtemirova v Moskovskom dome natsionalnostey. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskvada svetofor oʻrnatuvchi boʻlib ishlaydigan Oʻzbekistonlik yigit ikki ayolni yongʻindan qutqarib qoldi.
TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Payshanba kuni Moskva Millatlar uyida oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, koʻp qavatli uyning yonayotgan xonadonlaridan ikki ayolni olib chiqqan oʻzbekistonlik yigit Oybek Eshtemirovni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Sputnik muxbiri ham boʻldi.
Eshtemirov poytaxtda svetofor oʻrnatuvchi boʻlib ishlaydi. Voqea sodir boʻlgan vaqtda u Moskvaning Sharqiy maʼmuriy okrugidagi turar-joy binosi yonidan oʻtayotgan boʻlgan. Shu vaqt u 7 qavatdagi xonadonda yongʻin ichida qolgan ayolni koʻrib, yordamga shoshilgan. Ayolni qutqarish uchun yigit derazani sindirib, uni qoʻshni balkonga olib oʻtgan.
Shundan Oybek yongʻin ichida qolgan tepadagi etajdan ham bir keksa ayolham qoʻshni balkonga olib oʻtdi. Yetib kelgan oʻt oʻchiruvchilar jabrlanuvchini pastga tushirishga yordam berishdi.
Odamlarni qutqarishda koʻrsatgan jasorati va qatʼiyati uchun oʻzbekistonlik yigit Moskva shahar Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar boshqarmasi boshligʻining minnatdorchiligi va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasining mukofoti bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi Moskva shahridagi Millatlar uyida boʻlib oʻtdi. U yerdam Moskva shahar Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar boshqarmasi boshligʻi Vitaliy Suchkov va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Yuriy Tkachenko taqdirlashdi.
Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda Oybek Qashqadaryoning Gʻuzor tumanidan ekanini aytib berdi. Voqea qahramoni bilan batafsil intervyu sahifamizda yaqin kunlarda chop etiladi.
Yangiliklar lentasi
0