Jamiyat

Nijnevartovsk kutubxonasiga oʻzbek tilidagi adabiyotlar tuhfa etildi

Uchebniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulligi xodimlari Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashish maqsadida Tobolsk, Surgut, Megion va Nijnevartovsk shaharlarida boʻlishdi.
TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiyaning Nijnevartovsk shahar kutubxonasiga oʻzbek tilidagi adabiyotlar tuhfa etildi. Bu haqida "Dunyo" AA xabar berdi.
Oʻzbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulligi xodimlari Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashish maqsadida Tobolsk, Surgut, Megion va Nijnevartovsk shaharlarida boʻlishdi.
Tobolsk shahriga safar davomida ushbu hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan 34 nafar, Surgut shahrida 28 nafar, Megionda 43 nafar fuqarolar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻmda ularni oʻylantirayotgan muammolar tinglandi.
Shuningdek, Nijnevartovsk shahrida "Eriell Neftegazservis" MCHJda vaqtinchalik ishlayotgan 43 nafar fuqaroning ham holidan xabar olindi.
Uchrashuvlar davomida mehnat muhojirlariga konsullik-huquqiy masalalar, jumladan, pasport rasmiylashtirish, Oʻzbekistonda rasmiylashtirilgan hujjatlarning Rossiya hududida amal qilishi va Bosh konsulxona tomonidan koʻrsatilagan xizmatlar haqida soʻz bordi.
Yangiliklar lentasi
0