Jamiyat

Oʻzbekiston Kaspiy xalqaro tibbiyot forumida ishtirok etmoqda

© Mejdunarodnыy meditsinskiy forumOtkrыtiye Kaspiyskogo mejdunarodnogo meditsinskogo foruma v Astraxani.
Otkrыtiye Kaspiyskogo mejdunarodnogo meditsinskogo foruma v Astraxani. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xalqaro tadbir Rossiyaning Astraxan shahrida boʻlib oʻtmoqda.
TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Astraxanda Kaspiy dengizi mamlakatlari oʻrtasida turizm, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida xalqaro tibbiyot forumi oʻtkazilmoqda. Bu haqida Astraxan viloyati gubernatori Igor Babushkin oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
"Bugun Astraxanda Kaspiy xalqaro tibbiyot forumi ochildi. Forum Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Belarus va Rossiyadan 2500 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi", deydi gubernator.
Uch kun davomida ishtirokchilar ilmiy-amaliy konferentsiyalar, davra suhbatlari, simpoziumlar va akademik maʼruzalarda ishtirok etishadi.
Shuningdek, Oltoy davlat tibbiyot universiteti qoshidagi “Universitet klinikasi” loyihasi doirasida Rossiya Fanlar akademiyasining yetakchi akademiklari xalqaro tibbiyotning dolzarb masalalari boʻyicha maʼruzalar oʻqiydi. Astraxan klinikalarida bemorlarning diagnostikasi va davolash boʻyicha maslahatlar berishadi.
"2021 yilda prezident Vladimir Putin Kaspiy dengizi mamlakatlari oʻrtasida turizm, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun markazi Astraxanda joylashgan Kaspiy kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu oʻzaro hamkorlik doirasida “Tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish” dasturi amalga oshirilmoqda”, deydi Babushkin.
Viloyat hokimi, shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan mamlakatlar mutaxassislarining yaqindan oʻzaro hamkorligi viloyatning sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohasiga qoʻshimcha sarmoya jalb etishi, yetakchi tibbiyot markazlarining hamkorligi mintaqa tibbiyoti rivojiga turtki boʻlishini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0