O‘zbekiston va BAA biznesda o‘zaro imtiyoz berishni muhokama qildi

© Press-slujba MID Uzbekistana20 sentabrya 2022g. na polyax 77-y sessii Generalnoy Assamblei OON sostoyalas vstrecha glav vneshnepoliticheskix vedomstv Respubliki Uzbekistan i Obyedinennix Arabskix Emiratov Vladimira Norova i Abdulli bin Zayeda al-Naxayana.
20 sentabrya 2022g. na polyax 77-y sessii Generalnoy Assamblei OON sostoyalas vstrecha glav vneshnepoliticheskix vedomstv Respubliki Uzbekistan i Obyedinennix Arabskix Emiratov Vladimira Norova i Abdulli bin Zayeda al-Naxayana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish, havo orqali yuk tashishni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro imtiyoz va imtiyozlar berish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat idoralari rahbarlari Vladimir Norov va Abdulla bin Zayed Al-Nahayan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari joy oldi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni ko‘rib chiqildi.
Xalqaro institutlar doirasida hamda "Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik Kengashi-Markaziy Osiyo" formatida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Norov Birlashgan Arab Amirliklarini 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Muloqot bo‘yicha sherigi maqomini olgani bilan tabrikladi.
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish, havo orqali yuk tashishni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro imtiyoz va imtiyozlar berish masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatdan BAA bozoriga qishloq xo‘jaligi, metallurgiya, to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish, transport va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0