O‘zbekiston va Rossiya geologiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

© Press-slujba AO "Uzbekneftegaz"Na Yugo-zapadnom Gissare vedutsya geologorazvedochnie raboti
Na Yugo-zapadnom Gissare vedutsya geologorazvedochnie raboti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Rosnedra va Davlat geologiya qo‘mitasi o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston ishchi guruhi yig‘ilishining birinchi bayonnomasi tasdiqlandi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiyaning Yer qa’ridan foydalanish federal agentligi (Rosnedra) va O‘zbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi o‘rtasida 2025-yilgacha yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolandi. Bu haqda Rosnedra Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Dasturni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Yer osti boyliklarini qidirish, ulardan foydalanish va himoya qilish bo‘yicha hukumatlararo Kengashning XXV yig‘ilishi doirasida (Rosnedra) rahbari Yevgeniy Petrov va O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Maqsud Isoqov imzolashdi.
Ta’kidlanishicha, hujjat bir qator muhim yo‘nalishlarda hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishni nazarda tutadi, ulardan biri zaxiralar va resurslarni tasniflash bo‘yicha yondashuvlarni uyg‘unlashtirishdir.
Bundan tashqari, Rosnedra va Davlat geologiya qo‘mitasi o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston ishchi guruhi yig‘ilishining birinchi bayonnomasi tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0