O‘zbekistonda qancha ishchi kuchi borligi aytildi

© AFP / VYACHESLAV OSELEDKOSituatsiya pered viborami prezidenta Uzbekistana
Situatsiya pered viborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Mehnat resurslari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga oshgan.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda mehnat resurslari soni jami 19 mln 453,3 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, mehnat resurslari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga oshgan.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika hududlarida mehnat resurslari soni:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 073,2 ming kishi;
• Andijon – 1 775,1 ming kishi;
• Buxoro – 1 072,3 ming kishi;
• Jizzax – 788,9 ming kishi;
• Qashqadaryo – 1 815,8 ming kishi;
• Navoiy – 569,3 ming kishi;
• Namangan – 1 590,0 ming kishi;
• Samarqand – 2 155,7 ming kishi;
• Surxondaryo – 1 465,8 ming kishi;
• Sirdaryo – 486,0 ming kishi;
• Toshkent – 1 615,0 ming kishi;
• Farg‘ona – 2 092,3 ming kishi;
• Xorazm – 1 047,6 ming kishi;
• Toshkent shahri – 1 906,3 ming kishi.
2022 yilning 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,6 mln kishini tashkil etmoqda. Joriy yilda doimiy aholi soni kuniga o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
Yangiliklar lentasi
0