Qaysi hududlarda avtomobillar soni ko‘pligi ma’lum bo‘ldi

© SputnikAvtomobilnaya infrastruktura
Avtomobilnaya infrastruktura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda.
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. 2022 yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli jami avtomobillar soni 3 268 470 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Poytaxtliklarga tegishli avtomobillar soni 525 028 tani tashkil etgan.
Qolgan hududlar bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni quyidagicha ko‘rinish olgan:
Qoraqalpog‘iston R. – 135 872 ta;
Andijon viloyati – 223 783 ta;
Buxoro viloyati – 212 757 ta;
Jizzax viloyati – 90 860 ta;
Qashqadaryo viloyati – 260 583 ta;
Navoiy viloyati – 97 439 ta;
Namangan viloyati – 218 613 ta;
Samarqand viloyati – 392 475 ta;
Surxondaryo viloyati – 183 364 ta;
Sirdaryo viloyati – 68 278 ta;
Toshkent viloyati – 324 154 ta;
Farg‘ona viloyati – 325 009 ta;
Xorazm viloyati – 210 255 ta;
Toshkent shahri – 525 028 ta.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatda jismoniy shaxslarga tegishli jami avtomobillar soni 3 268 470 tani tashkil etmoqda. Har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 90 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Ma’lumot uchun, aholiga tegishli yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 284 608 taga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0